Ispaniyaning Figeras shahri meriyasi (Jirona provinsiyasi) 20-iyul kuni Salvador Dalining qoldiqlari eksgumatsiya qilinishini ma’lum qildi. Bu haqda Kataloniyaning El Punt Avui nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Iyun oyida Madrid sudi Dalining otaligini belgilash maqsadida qoldiqlarini eksgumatsiya qilish haqida qaror qabul qilgandi. Bu bilan sud o‘zini Dalining qizi deya ta’kidlayotgan jironalik Pilar Abel Martinesning rasmiy so‘rovini qondirmoqda.
Rassomning qabri o‘zi tomonidan Figerasda yaratilgan Salvador-Dali muzey-teatrda joylashgan. DNK namunalari muzeyning o‘zida olinadi, qoldiqlar tashqariga chiqarilmaydi.
Izoh (0)