Yaponiyaning Ayti prefekturasidagi Inuyama shahrining barcha 74 ming aholisi uchun evakuatsiya e’lon qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shahar hududida shiddatli yomg‘irlar tinmayapti, faqat bir soatning o‘zida 120 millimetr yog‘in tushdi. Bu esa ko‘chki xavfini tug‘diradi.
Kyusyu orolida o‘tgan haftadan beri davom etgan yomg‘irlar tufayli ko‘plab toshqinlar va ko‘chkilar yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishi bedarak yo‘qoldi.
Izoh (0)