2017-yilning 4-iyul kuni Chilonzor tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Ravshan Xolmatov yonida 14,53 gramm marixuana giyohvandlik vositasi saqlab kelgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)