O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo kirib kelishi 11-iyulga qadar davom etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 11-iyulga qadar O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4—6 darajaga yuqori bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi.
“O‘zgidromet”ning qayd etishicha, 9-iyul kuni Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 10-iyulgacha esa Qashqadaryo va Surxondaryoda garmsellar kuzatilishi mumkin; mazkur hududlarda harorat +45 darajagacha yetishi kutilmoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 10—11-iyul kunlariga qadar +38...+43 daraja issiq harorat saqlanib qoladi.
11—12-iyuldan boshlab butun O‘zbekiston bo‘yicha haroratning bir qadar pasayishi kutilmoqda.
Izoh (0)