Xitoyning Shansi provinsiyasida panda shaklida quyosh elektrostansiyasi qurildi. Bu haqda Inhabitat’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
50 megavatt quvvatga ega elektrostansiyani Panda Green Energy kompaniyasi BMTning taraqqiyot dasturi ko‘magida ochdi.Panda shaklining qora qismlari qush parvozi balandligidan ko‘zga yaxshi tashlanadi. Ular kristall kremniyning plastinlaridan iborat, kulrang va oq qismlari esa yupqa plyonkali quyosh plastinlaridan ishlangan. Quyosh elektrostansiyasining to‘liq loyihaviy quvvati 100 megavattga teng.
Shuningdek, stansiyada yoshlar va makab o‘quvchilarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari masalalariga o‘rgatuvchi markaz ochish ham rejalashtirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Panda Green Energy yana bir nechta shu kabi elektrostansiyalarni ochishni va ishlab chiqarish hajmini soatiga 3,2 millard kilovattga chiqarishni reja qilmoqda. Bu milliard tonnadan ortiq ko‘mirni tejab qolish imkonini beradi va atmosferaga 2,74 million tonnadan ortiq karbonat angidridning chiqib ketishini oldini oladi.