AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyani Ukrainaga nisbatan tajovuzlarni hamda Suriya va Erondagi “g‘arazli rejimni” to‘xtatishga chaqirdi. Tramp bu bayonotni Varshavadagi chiqishida qildi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
“Biz Rossiyani Ukrainadagi va dunyoning boshqa qismlaridagi tajovuzni hamda Suriya va Erondagi g‘arazli rejimni bas qilishga chaqiramiz” — dedi Tramp.
Shuningdek, u Rossiyani “sivilizatsiya himoyasi uchun umumiy dushmanlarga qarshi kurashuvchi” davlatlar jamoasiga qo‘shilishga chaqirgan.
Izoh (0)