Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan xohlagan vaqtda va xohlagan joyda mos shartlar asosida uchrashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Mos shartlar va Koreya yarimorolidagi qarama-qarshilik vaziyatini yumshatish uchun imkoniyat paydo bo‘lganda, men Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan har qanday vaqtda va har qanday joyda uchrashishga tayyorman” — deb bayonot bergan Mun Chje In.
Shuningdek, Mun Chen In ayni vaqtda eng so‘nggi va eng yaxshi imkoniyat ekanligni ta’kidlagan holda, Pxenyanni muzokaralarga qaytishga chaqirdi.
“Men shu yerda va hozir aniq gapiraman. Biz Shimoliy Koreyaning parchalanib ketishini xohlamaymiz, shuningdek, biz qo‘shib olish yo‘li bilan birlashishga ham harakat qilmaymiz”, — dedi Janubiy Koreya prezidenti.
Izoh (0)