• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    Toshkentda “Jahon adabiyoti” jurnalining 20 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

    Toshkentda 4-iyul, seshanba kuni “Jahon adabiyoti” jurnalining 20 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: “Jahonadabiyoti.uz”

    Foto: “Jahonadabiyoti.uz”

    “O‘zbekistonda mustaqillik davri ma’naviyati rivojida ‘Jahon adabiyoti’ jurnalining tutgan o‘rni va ahamiyati” mavzusida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, tarjimonlar, yosh ijodkorlar ishtirok etdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammadali Ahmedov, akademik Baxtiyor Nazarov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Shuhrat Rizayev va boshqalar mamlakatimizda ma’naviy islohotlar samaradorligini oshirish jarayonida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalarini badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta’minlashni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, avvalo, yosh avlodni har jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

    Jurnal yigirma yil avval – 1997-yil 27-fevralda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tashkil etilgan. Bu yangilik mamlakat ma’naviy-madaniy hayotida tarixiy voqea bo‘lgan edi. O‘zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning fidokorona xizmatlari, jonkuyarligi va tashkilotchiligi bilan qisqa fursatda tahririyatda taniqli tarjimonlar, adiblar, munaqqidlar jam bo‘lgan, ularning samarali mehnati natijasida mazkur jurnal nufuzli nashrga aylandi. O‘tgan davrda jurnalning 240 soni nashrdan chiqdi. Ularda 100 dan ortiq roman, 200 dan ziyod qissa, mingdan ortiq hikoya va novella, mingga yaqin ijtimoiy-falsafiy, adabiy-badiiy, ilmiy-nazariy maqola va esselar e’lon qilindi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida jurnal tashkil etilganining yigirma yilligini munosib nishonlash masalasi ko‘zda tutilgan edi. Aprel-may oylarida mamlakatimizdagi qator oliy o‘quv yurtlarida talaba-yoshlar, keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvlar yuqori saviyada tashkil etildi.

    Tadbirda mazkur jurnal jahon adabiyoti sari ochilgan yo‘l ekani, ijodkorlarimiz bu orqali dunyo adabiyoti manzaralarini kuzatish jarayonida o‘z ijodiy salohiyatini yuksaltirayotgani qayd etildi. Nashr o‘zbek tarjima san’atini yangi bosqichga ko‘tarishda ham o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tamoqda. So‘nggi yillarda jurnal mazmunan va shaklan yangilandi. Yangi ruknlarda jahon adabiyotining oxirgi yillardagi sara asarlari e’lon qilindi. Ilg‘or adabiy-falsafiy qarashlar yoritildi, navqiron tarjimonlar avlodi shakllandi. Xorijiy tillardan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilish – asliyatdan o‘girishga e’tibor qaratildi.

    Bugungi murakkab globallashuv davrida milliy ma’naviyat, milliy o‘zlik va madaniyatni asrab qolish, o‘z mustaqil fikri, dunyoqarashi va e’tiqodiga ega, yuksak axloqli yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining eng muhim masalalaridan biriga aylandi. Jurnalimiz shakl-shamoyili va mundarijasini bugungi davrning ana shunday o‘tkir va dolzarb talablaridan kelib chiqib belgilamoqdamiz. Ayniqsa, yosh avlodning ongu tafakkurini boyitish, ular qalbini ezgu g‘oyalar, oydin orzular bilan to‘ldirishda jahon adabiyoti namunalari o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi.

    Shuhrat Rizayev “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri

    Konferensiyada badiiy tafakkurimiz yuksalishida “Jahon adabiyoti” jurnalining o‘rni, dunyo adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish muammolari, mazkur nashrda G‘arb adabiyotshunosligi talqini kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

    05.07.2017, 12:33   Izoh (0)   5645
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    So‘rovnoma: O‘zbek ziyolilari qanday kitob o‘qimoqda?

    05.06.2017, 10:26

    O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamolga Bokudagi Yevrosiyo universiteti faxriy doktori unvoni berildi

    03.06.2017, 12:53

    Ulug‘bek Sultonovning “Ota-onaga xizmat qilish odoblari” nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi

    31.05.2017, 11:37

    “Kitob bayrami” doirasida “Kitob — millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi

    26.05.2017, 20:26

    Tohir Malikning “Shaytanat” va “Doka ro‘mol qachon quriydi” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    26.05.2017, 18:15

    O‘zbekistonda 25—27-may kunlari “Kitob bayrami” o‘tkaziladi

    23.05.2017, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.