Kuni kecha “Sano-Standart” nashriyoti tomonidan muallif Ulug‘bek Sultonovning “Ota-onaga xizmat qilish odoblari” nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi, deb xabar berdi “1news.uz”.
Kitob bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan mavzuga bag‘ishlangani bilan diqqatga sazovordir. Unda har bir o‘zbek oilasi uchun muhim bo‘lgan eng nozik va zarur bo‘lgan barcha masalalarga to‘xtalib o‘tilgan. Jumladan, oilada farzand tug‘ilishidan boshlab, to o‘zlari ota-ona bo‘lib yetgunigacha bo‘lgan jarayonlarda tomonlarning haq-huquqlari shar’iy nuqtayi nazar bilan batafsil bayon etilgan.
Kitobning yana bir e’tiborli jihati shundaki, ota-onaga xizmat qilish toki inson hayot ekan hech qachon to‘xtmasaligi bois, u katta-yu kichik hammaga mo‘ljallangan.
Izoh (0)