• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    So‘rovnoma: O‘zbek ziyolilari qanday kitob o‘qimoqda?

    “Yangi kitob” nashriyoti va “Ziyouz.uz” portali hamkorlikda kichik tadqiqot o‘tkazdi. O‘zbekistondagi atoqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, adabiyot va boshqa soha vakillaridan ayni kunlarda qanday kitob o‘qiyotgani so‘raldi va 120 dan ziyod javob olindi. “Ziyouz.uz” esa ularning javoblarini taqdim etdi.

    Foto: “Ziyouz.uz”

    Foto: “Ziyouz.uz”
    Shukrullo, O‘zbekiston xalq shoiri:— “Bo‘sh qop tik turmas” deganlaridek, yozuvchining ishi faqatgina ijod qilish emas, u muttasil o‘qishi, hayotni o‘rganishi, jahondagi voqea-hodisalardan, adabiy jarayondan boxabar bo‘lishi ham kerak. Hozir faqat kitob mutolaasi bilan bandman. Akmal Saidning “Hazrati Zangi Ota”, Abduqahhor Ibrohimovning “Ruhiy ozuqa maxzani”, G‘iyosiddin Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarlarini, Halima Xudoyberdiyevaning yangi kitobini o‘qiyapman.

    Umarali Normatov, filologiya fanlari doktori, professor:— Men shu kunlarda Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” nomli romanini o‘qiyapman. Bir qarashda asar uchun tanlangan motiv g‘arbcha bo‘lsa-da, romanni o‘qib, chinakam o‘zbekona ruhni his qildim.

    Naim Karimov, filologiya fanlari doktori, professor:— Bu yil Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanadi. Shu munosabat bilan adib asarlarini, qolaversa, Fyodor Razzakovning “Korrupsiya v politbyuro. Delo “Krasnogo uzbeka” asarini mutolaa qilyapman.

    Xudoyberdi To‘xtaboyev, O‘zbekiston xalq yozuvchisi:— Oybek domlaning “Bolalik” asarini qayta o‘qiyapman. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” kitobi stolimda turibdi. O‘tkir Hoshimovdagi tilning tozaligi, ruhning sofligi menga yoqadi. Deyarli har kuni bolalarga oid kitoblarni o‘qishga, varaqlashga to‘g‘ri keladi. Afsuski, bugungi bolalarimizning kitobxonlik darajasi maqtagulik emas. Ularning so‘z boyligi juda kam, 1200-1300 ta, xolos…

    Ibrohim G‘afurov, adabiyotshunos:X—XI asr arab yozuvchisi Usoma ibn Munkizning “Ibratli kitob” nomli ulug‘ asari bor. Uni mashhur arabshunos olimimiz, filologiya fanlari doktori Ismatulla Abdullayev o‘zbek tiliga o‘girgan. Kitob G‘afur G‘ulom nashriyotida 1980-yili nashr qilingan. Bu asarni o‘sha paytda o‘qigan edim, bugun yana qayta qo‘limga oldim. Muallif hozirgi Turkiya, Suriya, Falastin yerlarida X asrda salbchilarga qarshi kurashgan yirik qahramonlardan biri. O‘sha kezlar boshidan kechirganlari, salbchilarga qarshi qanday kurash olib borganini xotiralar tarzida yozib qoldirgan. Men o‘qiyotgan yana bir kitob ingliz olimi Tyornerning “Simvol i ritual” asaridir. Muallif Markaziy Afrika xalqlari orasida ko‘p yillar yashab, hayot tarzini chuqur o‘rgangan. Marosimlar, rasm-rusumlar, ramzlar, timsollar nimani anglatishi haqida ajoyib ilmiy kitob yozgan.

    Jamol Kamol, O‘zbekiston xalq shoiri:Hozir Shayx Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si tarjimasi bilan bandman. “Maxzan ul asror” va “Layli va Majnun” chop etildi. Boshqa dostonlarni ham xudo xohlasa, 2018-yilgacha tamomlamoqchiman.

    Shayx Abdulaziz Mansur, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari:Umuman olganda yurtimizda chiqqan 15000 dan ortiq diniy-ma’rifiy kitobni o‘qib chiqqanman. Har kuni aholidan tushayotgan diniy-ma’rifiy savollarga javob berish jarayonida 10 dan ortiq kitob ko‘raman. Bir kunda 50—100 ta savolga yozma va og‘zaki javob berishga to‘g‘ri keladi. Fatvo kitoblaridan “Fatovoi Olamgiriya”, “Fatovoi Qozixon”, “Xulosat ul-fatovo”, tafsir kitoblaridan “Tafsiri Nasafiy”, “Bahrul ulum”, hadis kitoblaridan Suyutiyning “Al-jome’ as-sahih”, fiqh kitoblaridan “Al-mavsu’ al-fiqhiya” (30 jildli islomshunoslik ensiklopediyasi), “Muxtasar ul-viqoya”, “Hidoyai sharif” kitoblari kundalik ko‘radigan manbalarimdir.

    Tohir Malik, O‘zbekiston xalq yozuvchisi:Shu kunlarda hind adibi Rabindranat Tagor hikoyalarini mutolaa qilyapman. Hisoblab ko‘rsam, uning hikoyalarini bundan ellik yil muqaddam o‘qigan ekanman.

    Anvar Obidjon, O‘zbekiston xalq shoiri:Kechagina Iqbol Mirzoning bolalar uchun kichik she’rlari to‘plangan “Erkatoy erka toy” kitobini o‘qidim. Avvalroq “Turon qavmlari”, Shukur Qurbonning “Erkin Vohidov saboqlari” kitobini tugatgandim. Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otut-turk” asari yangi nashrini (“Mumtoz so‘z” nashriyoti) hayrat bilan mutolaa qilyapman. Bobolarimiz ishlatgan so‘zlar, turkiy tilning ajoyibotlari meni yana o‘ziga tortdi. Yangi nashrda so‘zlar izohi takomillashtirilibdi.

    Afzal Rafiqov, O‘zbekiston xalq artisti:Hozir Bahriddin Nasriddinovning o‘tgan asrda yashagan shoir va dramaturg Xurshid haqidagi kitobini o‘qiyapman. Navoiy asarlarining 10 jildligini doim o‘qib boraman.

    Qozoqboy Yo‘ldoshev, filologiya fanlari doktori, professor:Ayni damda turli qo‘lyozmalarni o‘qish bilan bandman, ammo ularning aksari pichoqqa ilingudek emas. Oxirgi vaqtlarda menga manzur bo‘lgan asar Soyim Isoqning “Qiyomatga qolmagan qasos” romani bo‘ldi.

    Ibrohim Haqqul, adabiyotshunos:“Sitorai Mohi Xosa”da dam olyapman. O‘zim bilan Lev Tolstoyning “Iqrornoma”sini olib keldim. So‘nggi kunlarda Yusuf Xos Hojib qalami mansub “Qutadg‘u bilig” asarining usmonli turkchaga qilingan tarjimasini o‘qiyapman.

    Usmon Azim, O‘zbekiston xalq shoiri:Ayni paytda Apuleyning “Metamarfoza” asarini va Gogolning “Nevskiye prospekti”sini o‘qiyapman.

    Anvar qori Tursunov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi:Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Tafsiri Hilol”, Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining “Tafsiri Irfon” kitoblarini o‘qiyapman. Shuningdek, Abdulloh Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini o‘qiyapman. Men bu kitobni 10 yoshimdan har bahor va kuzda qayta o‘qiyman. Bu yil sal kechikdim. Yana Navoiyni har kuni qo‘limga olaman.

    Xurshid Davron, O‘zbekiston xalq shoiri:Ayni paytda venger faylasufi Yeva Anchelning “Etos i istoriya” kitobini qaytadan o‘qiyapman. Birinchi marta o‘tgan asrning 90-yillarida o‘qigan edim. “Etos” atamasi qadimgi yunon falsafasida “inson axloqi va uning amaliy ishi o‘rtasidagi bog‘liqlik” yoki erkinroq, ya’ni o‘zimning ta’rifimcha, “ma’naviy tartib” ma’nosini anglatadi. Etos insonning har bir ishi yuzasidan u bu ishni nimadan kelib chiqib, nima uchun qildi, degan savollarga javob izlaydi. Bu asarni yana qayta o‘qishga ehtiyojimga kelsak, bugun dunyo, insoniyat shunchalik murakkablashdiki, anglash tobora qiyin kechmoqda. Savollarimga javob izlamoqchiman. O‘zimizda kechayotgan jarayonlarni, juda ko‘p odamlarning qilmish-qidirmishini tushunishga urinmoqchiman. Bu millatni bugungi ma’naviy ahvolini, ma’naviy tartibini ham anglashga foyda berarmikan, deb o‘qiyapman.

    Iqbol Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri:Hozir Jaloliddin Rumiy “Masnaviy”lari asosida ustoz Hamidulla Boltaboyev nashrga tayyorlagan “40 rivoyatga 40 sharh” kitobini rohatlanib o‘qiyapman. Oldinroq ustozimiz Abdulla Oripovning “Birinchi muhabbatim” kitobini, Orziqul Ergashning hikoyalari va qissalari o‘qib chiqqandim.

    Ulug‘bek Hamdam, yozuvchi:Fransuz dramaturgi Jan Dominik Bobbining “Skafandr va kapalak” romanini takror, Lev Tolstoyning “Tirilish”ini ilk bor o‘qiyapman.

    05.06.2017, 10:26   Izoh (0)   14687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamolga Bokudagi Yevrosiyo universiteti faxriy doktori unvoni berildi

    03.06.2017, 12:53

    Ulug‘bek Sultonovning “Ota-onaga xizmat qilish odoblari” nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi

    31.05.2017, 11:37

    “Kitob bayrami” doirasida “Kitob — millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi

    26.05.2017, 20:26

    Tohir Malikning “Shaytanat” va “Doka ro‘mol qachon quriydi” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    26.05.2017, 18:15

    O‘zbekistonda 25—27-may kunlari “Kitob bayrami” o‘tkaziladi

    23.05.2017, 17:11

    Poroshenko Kiyevdagi kitob festivalida boylarning gullab-yashnashi haqidagi qo‘llanmani sotib oldi

    22.05.2017, 08:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.