O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-polkovnik Qobul Berdiyev Toshkentda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Vladimir Zarudnitskiy boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalari Markaziy Osiyodagi vaziyat hamda xavfsizlik muammolari yuzasidan fikr almashdi.
Tomonlar harbiy va harbiy-texnik sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq shu yil oktabr oyida Forish poligonida 2005-yildan beri birinchi marotaba O‘zbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining qo‘shma mashg‘uloti o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)