Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Abu Iso at-Termiziy ziyoratgohi tubdan qayta rekonstruksiya qilinib, butunlay o‘zgacha qiyofa kasb etdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
“Bu yerda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari samarasida hududdagi infratuzilma ham yangilandi. Qabriston obodonlashtirildi”, — deb yozadi agentlik.
Ziyoratgohga tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoit yaratilib, 420 o‘ringa mo‘ljallangan va milliy me’morlik an’analarini o‘zida mujassam etgan Jome’ masjidi, zamonaviy kutubxona barpo etildi.
O‘zAning alohida qayd etishicha, “majmuaning tungi ko‘rinishi yanada jozibali”.
Izoh (0)