2030-yili Vyetnam poytaxti Xanoyda mototsikllar harakatlanishi taqiqlanadi. Bu qarorni shahar kengashining 96 a’zosidan 95 nafari yoqlab chiqdi, deb xabar beradi South China Morning Post.
Shaharda skuterlar, mopedlar va mototsikllar ko‘payib ketishi oqibatida tirbandliklar yanada ko‘paydi, ekologik ahvol yomonlashdi. Shu bois shahar ma’muriyati shunday qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi.
Muqobil vosita sifatida hokimiyat jamoat transportini rivojlantirishni taklif qilmoqda.
Ma’muriyatning mazkur qarori jiddiy muhokamalarni keltirib chiqarmoqda. Kimlardir ekologik vaziyatning yaxshilanishidan quvonsa, yana kimlardir qarordan norozi.
Izoh (0)