30-iyun kuni soat 13:00 da fuqaro Furqat Hasanov Mirobod tumani hududida Venera Berdaliyevaga tegishli Cobalt rusumli avtomashinaning orqa va old taraf davlat raqam belgilarini egallab oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 227-moddasi 1-qismi (avtotransport vositalarining davlat raqam belgilarini egallash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Furqat Hasanovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)