O‘zbekistonda Xalq banki va Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki xususiylashtirilmaydi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mazkur banklar xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari ro‘yxatiga kiritildi.
Qabul qilingan hujjat doirasida Prezident va hukumat qaroriga asosan mamlakatdagi o‘nta aksiyadorlik-tijorat banki xususiylashtirilishi mumkin. Ular qatoriga “Turon bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki, “Qishloqqurilishbank”, “Agrobank”, “Ipotekabank”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank”, “O‘zagroeksportbank” va “Ipak yo‘li” banki kirdi.
O‘zbekistonda bugungi kunda Markaziy bank tasnifi bo‘yicha 27 ta tijoriy bank mavjud. Ulardan uchtasi — Milliy bank, Xalq banki va “Asaka” banki davlat moliyaviy muassasalari toifasiga kiritilgan. 11 tasi aksiyadorlik-tijorat, sakkiztasi xususiy va beshtasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi.
Izoh (0)