Florida plyaji sohillarida suzib yurgan uchta akula internet foydalanuvchilar orasida mashhur bo‘lib ketdi, deb xabar berdi Forum Daily.
Stefani Adkok videoni Fort-Uoltondagi Okaluza-Aylendda suratga olgan. Videoda uchta akulani ko‘rish mumkin, biroq muallifning so‘zlariga ko‘ra, suvda yettitaga yaqin akula bo‘lgan.
“Ular bizning oldimizda 10 daqiqa bo‘ldi”, — deydi Arkanzasdan Floridagi dam olish uchun kelgan Adkok.
Akulalar sohilga soat 15:30 larda kelgan. Ularning uzunligi 1,5—2 metr. Ko‘plab dam oluvchilar, bundan tashqari o‘sha vaqtda suv ostida suzish bilan shug‘ullanayotgan odam suvdan chiqishga ulgurib qolgan.
“Do‘stimning o‘g‘li suv ostida suzish bilan shug‘ullanayotgan edi va biz unga suvdan chiq deya baqirdik… biroq u nima bo‘layotganini tushunmadi”, — deydi Stefani.
Stefanining turmush o‘rtog‘i Don unga yordam ko‘rsatgan va u hech qanday jarohatsiz suvdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)