• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    15 yil avval “Paxtakor”ni Osiyoda eng yaxshi qilgan futbolchilar haqida. Ular hozir qayerda?

    2002-yil OFK Toshkentning “Paxtakor” klubini qit’aning eng yaxshi jamoasi deb e’tirof etgandi. Ushbu voqeaga ham 15 yil to‘ldi, deb yozgandi “Championat.asia” nashri. Maqola muallifi Narzulla Saydullayev “Paxtakor”ni Osiyoda eng yaxshi qila olgan futbolchilar hozirgi kunda nimalar bilan mashg‘ul ekaniga e’tibor qaratgan.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    “Paxtakor” yangi rahbariyat qo‘liga o‘tgach, uning superklubga aylanishi borasida gapirildi. Bu yo‘lda klub akademiyasi kuchaytiriladi, stadion qaytadan quriladi va jamoaga bir qator kuchli futbolchilar taklif qilinadi. Savol: klub yuqorida aytilgani kabi mavqesini qaytara oladimi? Quyida “Paxtakor”da mehnat qilgan futbolchilar buguniga nazar solinadi.

    Ko‘pchilik uchun OFK nimaga aynan o‘zbek klubini eng yaxshi deb topgani qiziq. O‘sha yil Osiyo futboli rahbarlari “Osiyo chempionlar kubogi”ni “Osiyo chempionlar ligasi” deb o‘zgartirdi va musobaqa yangi formatda o‘tkazila boshlandi. O‘zbekiston vitse-chempioni sifatida turnirga pley-offdan qo‘shilgan “sherlar” Iordaniyaning “Al-Vihdat” (3:0, 1:3), Qatarning “Al-Ittihod” (3:4, 3:0) va BAAning “Al-Ahli” (3:2, 1:0) klublari to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘ta oldi. Guruh bosqichini 2003-yilning bahorida o‘tkazish rejalashtirilgandi. Shu tariqa OFK saralashda ajoyib o‘yinlar namoyish etgani uchun “Paxtakor”ni qit’aning eng yaxshi klubi sifatida tan olgandi.

    Jamoa o‘sha yil Viktor Jalilov boshqaruvida O‘zbekiston chempionatida 74 ochko to‘pladi va chempion bo‘ldi. O‘zbekiston kubogining finalida esa Farg‘onaning “Neftchi” klubi 6:3 hisobida taslim qilindi.

    Ignatiy Nesterov

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    O‘sha yil jamoaga kelgan yosh posbon tezda asosiy darvozabonga aylanib olgandi. Nesterov “Paxtakor”ning bir necha yil davomida O‘zbekistonda gegemonlik qilishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Keyin u bir necha yil davomida “Bunyodkor”da o‘ynadi. Ayni paytda esa Toshkentning uchinchi grand klubi “Lokomotiv” sharafini himoya qilmoqda. Nesterov bu vaqt ichida O‘zbekiston termasining 100 ga yaqin o‘yinida maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.

    Gochkuli Gochkuliyev

    Turkmanistonlik himoyachini “Paxtakor”ning eng yaxshi legionerlaridan biri deb bemalol aytish mumkin. U orqa chiziqda to‘p sursa ham, raqib darvozasiga gol urishda uncha-buncha hujumchiga dars bergan. Gochkuliyev 2002-yil Oliy liganing 26 ta uchrashuvida 14 ta gol urib, klub to‘purari bo‘lgandi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Himoyachi 2002—2005-yillarda “Paxtakor” sharafini himoya qilgan. 2007—2010-yillar davomida “Bunyodkor”da o‘ynagan. U 2014-yildan buyon “Oltin Asr” klubida katta murabbiy lavozimida ishlab kelmoqda.

    Gochkuliyev O‘zbekistondagi faoliyati davomida 7 karra O‘zbekiston chempioni, 6 karra O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi. 3 marta OChL yarim finaliga qadar yetib bordi. 2002-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi so‘rovnomasida Aleksandr Geynrixdan keyingi ikkinchi bo‘lgandi.

    Baxtiyor Ashurmatov

    O‘sha mavsum himoya markazida Gochkuliyev bilan tandem hosil qilgan Ashurmatov jamoa g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘sha olgan. Keyinroq u ma’lum muddat Rossiyaning “Spartak Alaniya”, “Torpedo Metallurg”, “Krilya Sovetov” klublari sharafini himoya qildi. 2007-yil Oliy ligaga katta maqsadlar bilan chiqqan “Quruvchi” (hozirgi “Bunyodkor”) tajribali himoyachini O‘zbekistonga qaytardi. Ikki yil davomida “qaldirg‘ochlar” safida o‘ynagan Ashurmatov, futbolchilik faoliyatining so‘nggi yillarini “Xorazm” va “Lokomotiv”da o‘tkazdi.

    2012-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan sobiq himoyachi dastlab “Guliston”, so‘ngra “Navbahor” va “Andijon” klublarida ishladi. Bir muddat O‘zbekiston olimpiya termasini ham boshqardi. Hozir “Buxoro” klubida Ulug‘bek Baqoyev bilan birga faoliyat olib bormoqda.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Vitaliy Jalilov

    Viktor Jalilovning o‘g‘li qanot himoyasida o‘ynardi. Kerak paytda hujumga ham qo‘shilib, sheriklarini golli vaziyatga olib chiqishga harakat qilardi. 2003-yilda “Paxtakor”dan ketgan Jalilov, faoliyatini “Navbahor”, “Mash’al” va “Qizilqum” klublarida davom ettirdi. 2007-yil butsalarini mixga ilgan Vitaliy ayni paytda Samvel Babayan jamoasida ma’mur sifatida faoliyat olib bormoqda.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Qayrat O‘taboyev

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘zbekistonda tug‘ilgan qozoq futbolchisi 2000—2003-yillarda “Paxtakor” sharafini himoya qilgan va qanot himoyasida o‘ynagan. “Sherlar” safini tark etgach, Qozog‘istoning bir qator klublarida o‘ynadi. 2009-yil O‘zbekistonga qaytib, “Andijon”da to‘p surdi.

    O‘taboyev 2012-yil faoliyatini tugatgandi. E’tiborlisi, Qayrat 2002-yil O‘zbekiston terma jamoasida maydonga tushgan. 2005—2007-yillarda esa Qozog‘iston terma jamoasida o‘ynagan.

    Vladislav Kiryan

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Mavsumni o‘ng qanot himoya va yarim himoyasida o‘tkazgan futbolchi, o‘sha yil Oliy ligada 20 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta to‘p kiritgandi. 2009-yilda Kiryan Namanganing “Navbahor” klubiga ko‘chib o‘tdi. 2010-yilning ikkinchi davrasida Toshkentning “Lokomotiv” klubida ko‘rinish berdi va shundan so‘ng katta sport bilan xayrlashdi. U ayni paytda Rossiyaning Belgorod viloyatida yashaydi, biznes bilan shug‘ullanadi.

    Anvar G‘ofurov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Futboldagi faoliyatining ilk yillarini “Paxtakor”da boshlagan G‘ofurov hozirga qadar futbol o‘ynamoqda. “Sherlar” safini 2003-yil tark etgan futbolchi, keyinroq “Navbahor”, “Dinamo”, “Mash’al” va “Bunyodkor” klublarida o‘ynadi. Hozir esa tarqalib ketish arafasida turgan Toshkentning “Obod” klubiga o‘ynamoqda.

    Server Jeparov

    “Paxtakor”ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Jeparov pleymeyker sifatida Osiyoga mashhur bo‘lib ulgurgandi. Bundan tashqari Server ko‘plab gollar urishga ham muvaffaq bo‘lgandi. 2007-yilga qadar “sherlar” safida bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan yarim himoyachi, 2008-yil “Bunyodkor”ga o‘tgandi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”
    Osiyoda ikki marta yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan Jeparov Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya klublarida faoliyat olib bordi va har ikki mamlakat chempioniga aylandi. U o‘tgan yil “Lokomotiv”da o‘ynadi, bu yil boshida esa Eroning “Istiqlol” klubi bilan bir yarim yillik shartnoma tuzdi va “Sepaxon”ga ijaraga berildi.

    Leonid Koshelev

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Chap oyog‘idagi zarbasi raqib darvozabonlarining tushlariga kirib chiqardi. Uning jarima to‘plaridan urgan gollari “Paxtakor”ning bir qator muhim g‘alabalariga zamin yaratdi. Koshelev “sherlar” safini 2007-yilda tark etgan. Shundan keyin “Dinamo”, “Qizilqum”, “Sho‘rtan” va “Navbahor” kabi klublarda o‘ynadi. 2013-yil futbolchilik faoliyatini tugatgan Koshelev ayni paytda “Paxtakor” akademiyasida yosh bolakaylarga futbol sir asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.

    Timur Kapadze

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bugungi kunga qadar futbol o‘ynayotgan kam sonli o‘yinchilardan yana biri. Kapadze o‘sha tarkibda universal futbolchi edi. “Neftchi”da hujumchi bo‘lgan Kopa, “Paxtakor”da tayanch zonada o‘ynadi. O‘sha yil oliy ligada 20 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urishga erishgan Kapadze ham Jeparov kabi 2008-yilda “Bunyodkor”ga ko‘chib o‘tgandi. Bundan tashqari Janubiy Koreya va BAA chempionatlarida o‘ynagan yarim himoyachi, bugungi kunda “Lokomotiv” sharafini himoya qilmoqda.

    Mirjalol Qosimov

    O‘zbekistoning eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lgan Mirjalol Qosimov o‘sha mavsum jarohatlari tufayli bir qator o‘yinlarda jamoaga yordam bera olmadi. Ammo maydonga tushgan o‘yinlarining hech birida raqiblarga oson bo‘lmasdi. Jarima to‘plaridan zargarona gollar urishning hadisini olgan Qosimov, maydonni ko‘rish va chiroyli to‘p uzatishda ham sherkilariga dars berardi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Qosimov 2003—2004-yillarda Rossiyaning “Alaniya” klubida, 2005-yil Muborakning “Mash’al” klubida o‘ynab, faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Qosimov butsalarini mixga ilib, murabbiylik faoliyatini boshlab yuborgandi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasida yordamchi murabbiy bo‘lgan Mirjalol Qo‘shoqovich, “Bunyodkor” bosh murabbiyi sifatida ikki yil ishladi. Keyin O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi.

    U ham futbolchi, ham murabbiy sifatida Osiyo Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan inson hisoblanadi. “Bunyodkor” klubini 2008 va 2012-yillarda aynan Qosimov qit’a chempionatida yarim final sari boshlagandi.

    Aleksandr Geynrix

    18 yoshli hujumchi “Paxtakor”dagi ilk mavsumidayoq ajoyib o‘yinlar namoyish etib bergandi. Yil yakunida O‘zbekistoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani ham bunga isbot bo‘la oladi. Oliy ligada 22 ta o‘yinda maydonga tushgan va 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan Sasha, faoliyatining keyngi yilini Rossiyaning “SSKA” klubi bilan bog‘lab, xato qilgandi. Yosh futbolchi kuchli raqobatda yutqazdi va asosiy tarkibda maydonga deyarli tushmadi. Keyin “Paxtakor”ga qaytib, o‘z formasini tiklab olgach, yana Rossiyaga, bu safar Moskvaning “Torpedo” klubiga o‘tdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2007—2011-yillarda “Paxtakor”da o‘ynagan Geynrix Qatardagi Osiyo kubogidan so‘ng Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung” klubidan tushgan taklifni qabul qilgandi. So‘ngra, BAAda “Emireyts”, Qozog‘istonda “Aktobe” klublarida o‘ynadi. 2014-yilni “Lokomotiv”da o‘tkazdi. Sasha 2015-yildan buyon Qozog‘istoning “Ordabasi” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

    Zayniddin Tojiyev

    Hujumchi o‘sha yil Oliy ligada 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. OChL pley-offida esa Tojiyevlarning to‘ng‘ichi “Al-Vihdat”, “Al-Ittihod” va “Al-Ahli” bilan o‘yinlarda jami 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning driblingi raqib himoyachilarini shoshirib qo‘yardi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    2010-yilga qadar “Paxtakor”da o‘ynagan hujumchi, faoliyatini Oliy liganing bir qator klublarida davom ettirdi. 2015-yil “Buxoro” safida bir davra o‘ynab, butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Tojiyev ayni paytda JFL Tashkent klubida bolalar murabbiyi bo‘lib ishlamoqda.

    Anvar Soliyev

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    “Sehrli tayoqcha” sifatida nom qozongan hujumchi “Paxtakor”da o‘sha mavsum ko‘pincha qanotda ko‘rinish berdi va muhim gollarni urdi. Soliyev 2008-yil “Bunyodkor”ni tanladi va 2012-yilga qadar shu jamoada o‘ynadi. Orada bir yil “Nasaf”da ijarada o‘ynab qaytdi.

    2013—2015-yillarda yana “sherlar” safiga qaytgan hujumchi, o‘tgan mavsum birinchi davradan so‘ng futbolchilikni tugatishga qaror qildi. Bugungi kunda Namanganing “Navbahor” klubida sport direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

    Ne’matulla Quttiboyev

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”
    Qoraqalpog‘istonlik hujumchi o‘sha yil Oliy ligada 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Quttiboyev hujumda Geynrix bilan tandem hosil qilardi. “Paxtakor”dan so‘ng u “Qizilqum” va “Xorazm” safida o‘ynadi. Bir necha yil davomida “Orol” klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi. Bugungi kunda Quttiboyev Nukus olimpiya zaxiralari kollejida yosh futbolchilarga saboq beradi.

    Marat Bikmayev

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    O‘sha tarkibning eng yosh vakillaridan biri. Bikmayev 16 yoshida Oliy ligada 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgandi. U “Paxtakor”dan keyin asosan Rossiya klublarida o‘ynadi: “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Spartak Nalchik”, “Alaniya”. Marat Qozog‘istonda “Aktobe”da ikki mavsum to‘p surdi. 2014-yilda O‘zbekistonga qaytib, “Lokomotiv” bilan shartnoma tuzdi. Bugunga kelib jamoaning asosiy hujumchisiga aylanib olgan.

    Viktor Jalilov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Paxtakor”ning o‘sha vaqtdagi g‘alabalari Viktor Jalilov bilan bog‘lanadi. Bosh murabbiy klubni O‘zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibiga aylantirgandi. Shu sababli 2002-yil aynan Viktor Romanovich O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etilgan. “Paxtakor”dan keyin Jalilov “Mash’al”, “Navbahor” va “Dinamo” klublarida ishladi. Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”
    28.06.2017, 13:26   Izoh (0)   35859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    KK—2017. Yarim final juftliklari ma’lum: Portugaliya—Chili, Germaniya—Meksika

    26.06.2017, 08:58

    Milliy termadan haydalish arafasida turgan Samvel Babayan tarqalib ketish ostonasidagi klub bilan muzokaralar o‘tkazdi

    25.06.2017, 20:12

    KK—2017. Bugun Germaniya—Kamerun va Chili—Avstraliya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

    25.06.2017, 15:19

    Konfederatsiyalar kubogi. Rossiyaga o‘z uyidagi devorlar ham yordam bera olmadi, Portugaliya va Meksika esa yarim finalga chiqdi

    25.06.2017, 10:15

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan yagona olimpiya termasini tashkil etishni taklif qildi

    24.06.2017, 23:28

    Konfederatsiyalar kubogi. Jahon chempioni Osiyo chempionini mag‘lubiyatga uchratdi

    19.06.2017, 22:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda onasidan ayrilgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 13 may, 19:20

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

    O‘zbekiston | 13 may, 19:18

    Ukraina Xitoy armiyasini Moskvadagi paradda qatnashgani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 13 may, 19:10

    Kann kinofestivali ishtirokchilariga ochiq kiyinish taqiqlandi

    Layfstayl | 13 may, 18:55

    “Qorasaroy” turar joy majmuasi aholisi hududda ko‘p qavatli uy-joylar qurilayotganidan norozi. Aholiga ko‘ra bu uylarning qurilishi noqonuniy hisoblanadi

    O‘zbekiston | 13 may, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.