MMA (aralash qoidalar san’ati) bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni Fyodor Yemelyanenkoga Pride FC yo‘nalishida tengsiz deb qaraladi. U RINGS’da ikki karra, WAMMA yo‘nalishida ikki karra chempion hisoblanadi.
Karyerasi davomida 41 ta jangda ringga chiqqan sportchi 36 bor raqiblarini mag‘lub etgandi. Shularning 11 tasini nokaut bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lgan va 5 ta mag‘lubiyat qabul qilib olgan. Kecha — 26-iyun kuni Yemelyanenko katta sportga qaytganidan keyingi uchinchi jangini o‘tkazdi.
Amerikalik Mett Mitrionga qarshi jang qilgan rossiyalik sportchi 74-soniyadayoq mag‘lubiyatga uchradi. Har ikki sportchi bir-biriga nokdaunga tushirib qo‘yadigan zarba berdi. Bunda Mett raqibidan tezroq o‘ziga keldi va uni bir yo‘la nokautga uchratib qo‘ya qoldi.
From near DOUBLE KO to Matt Mitrione finishing legend Fedor Emelianenko with an early first round TKO #Bellator180
— Fantasy Sports Degens (@FantasyDegens) June 25, 2017
pic.twitter.com/vArMaUom5n
Nyu-Yorkdagi jangga qadar 38 yoshli Mitrion 12 ta jangda zafar quchgan bo‘lib, 11 tasida raqiblarini nokaut qilgan va 5 ta jangni boy bergandi. Yemelyanenko esa ayni paytda 40 yoshda.
Izoh (0)