Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Sinmo qishlog‘ida yuz bergan yer ko‘chkisi oqibatida kamida 118 kishi bedarak yo‘qolgan. Rasmiylar taqdiri ayni vaqtda noma’lum qolayotgan kishilarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hozirgi vaqtda qutqaruvchilar rasman 24 kishining halok bo‘lganini tasdiqladi. Tabiiy ofat yuz bergan hududda tabiiy sharoitlarning murakkabligi qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda. Bundan tashqari, qishloqqa olib boradigan yo‘llarning bir qismi toshlar va qoyalar bo‘laklari bilan to‘silib qolgan.
Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Unga 3,2 ming kishi va 150 ta texnika vositasi jalb qilingan. Favqulodda shtab vakillarining aytishicha, ko‘chkilar ostidan tirik odamlarni topish ehtimoli saqlanib qolmoqda.
Ko‘chki Sinmo qishlog‘ida 24-iyun mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da yuz bergan. Uch soatdan keyin xuddi shu hududda ikkinchi ko‘chki bo‘lgan.
Izoh (0)