Ivanka Tramp o‘ziga tegishli IT Collection kompaniyasi tomonidan mualliflik huquqi buzilishi ishi bo‘yicha sudda ko‘rsatma beradi. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi.
Italiyaning Aquazzura Italia kompaniyasi AQSh prezidenti qizini poyabzal dizaynini ko‘chirishda ayblamoqda. Da’vogarga ko‘ra, IT Collection qasddan kompaniya sandaliyalarining arzon ko‘rinishini loyihalashtirgan.
Ivanka Tramp advokatlari orqali da’voga sabab bo‘lgan poyabzal haqida ko‘rsatma berish uchun yetarlicha ma’lumotga ega emasligini sudga bildirdi.
“Hettie Shoe poyabzali konsepsiyasini yaratish, dizayni, ishlab chiqarilishi yoki sotuvida ishtirok etmaganman. Mening ishtirokim mavsumiy liniyani uzil-kesil ma’qullash bilan cheklangan”, — ta’kidladi Ivanka Tramp.
Izoh (0)