22-may kuni Manchester shahridagi Manchester Arena’da portlashni uyushtirgan terrorchi Salmon Obidiy bombani YouTube’dagi “videodarslar” yordamida tayyorlagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
The Times gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Obidiy YouTube’da portlovchi uskunalarni tayyorlash bo‘yicha roliklarni tomosha qilgan. Bundan tashqari, u internetdan kimyoviy birikmalar haqidagi ma’lumotlarni ko‘chirib olgan bo‘lib, keyinchalik Manchester Arena’dagi portlash joyida ham xuddi shunday birikmalarning izlari topilgan.
Gazetaning alohida qayd etishicha, dastlab maxsus xizmatlar bomba sohadan xabardor tajribali shaxs tomonidan tayyorlangan, deb taxmin qilgan edi.
Manchester Arena’da 22-may kuni yuz bergan terakt oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)