Uber asoschisi Trevis Kalanik kompaniya rahbari lavozimini tark etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
The New York Times nashri manbalariga ko‘ra, 20-iyun kuni Uber’ning 5 asosiy investori Kalanikka kompaniya rahbariyatidan zudlik bilan chiqish talab etilgan maktub yo‘lladi.
Kalanik ular bilan bir necha soat davom etgan muzokaralardan so‘ng iste’fosi haqida e’lon etishga qaror qildi.
“Men Uber’ni hamma narsadan ortiq yaxshi ko‘raman. Biroq shaxsan o‘zim uchun qiyin bo‘lgan lahzalarda investorlarning lavozimni tark etish haqidagi iltimosini qabul qildim. Chunki Uber yana bir jangga o‘ralashib qolmay, yaratishga qaytishi lozim”, — deyiladi Kalanikning iste’fo haqidagi bayonotida.
Izoh (0)