Facebook’dagi JukinVideo sahifasida avtomobillar suratiga qarab, ularning rusumini aytayotgan bolakay aks etgan rolik paydo bo‘ldi. Bu haqda “Motor” hikoya qildi.
Rolikka berilgan izohda bolakay atigi bir yoshda ekanligi da’vo qilingan.
Bolakayga 20 dan ortiq suratlar ko‘rsatildi. U deyarli har bir holatda brend nomini to‘g‘ri topdi. Faqat bir marotaba, BMW tasviri ko‘rsatilganda uni “qora bimer” deb atadi.
Shuningdek, Ford Mustang suratini ko‘rib, mashinani Ford emas, Mustang deb qo‘ya qoldi.
Izoh (0)