Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdurahmonov Ostona o‘z harbiy xizmatchilarini Suriyaga jo‘natish bo‘yicha muzokaralar olib bormayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Qozog‘iston o‘z harbiy xizmatchilarini Suriyaga yuborish haqida hech kim bilan muzokaralar olib borgani yo‘q”, — dedi Abdurahmonov.
Qirg‘iziston TIV ham qirg‘izistonlik harbiylarning Suriyadagi operatsiyalarda ehtimoliy ishtirokini rad etdi.
Avvalroq Rossiya Davlat Dumasi mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Vladimir Shamanov Rossiya Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan Suriyaga harbiy qismlar yo‘llash borasida muzokaralar olib borayotganini aytgan edi.
Izoh (0)