Yaponiya va AQSh dengizdagi bazaga tayanadigan SM-3 Block IIA yangi tutuvchi raketani uchirdi, deb yozadi “Kommersant”.
Yaponiyaning Kyodo agentligi manbalari ta’kidlashicha, sinovni Yaponiya mudofaa vazirligi huzuridagi moddiy-texnik ta’minot agentligi hamda Pentagon huzuridagi raketaga qarshi mudofaa agentligi tashkillashtirgan.
Parvoz 22-iyun, payshanba kuni Amerikaning Gavayi qirg‘oqlari yaqinidagi esminetsidan amalga oshirilgan. Ammo sinovlar, OAVlar xabariga ko‘ra, muvaffaqiyatli kechmagan, muvaffaqiyatsizlik sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)