2018-yil uchun AQSh mudofaa vazirligiga mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Ukrainaga harbiy ko‘mak berishni o‘z ichiga oladi. Bu haqda AQSh kongressi vakillar palatasining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Mek Tornberri ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Kongressmenning so‘zlariga ko‘ra, Vashington tomonidan taqdim etiladigan mablag‘lar “Shimoliy Koreya va Rossiya tomonidan bo‘ladigan tajovuzlar”dan himoya uchun sarflanadi.
Tornberri aniqlik kiritishicha, AQSh Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish va ukrainalik harbiylarni o‘qitish uchun bir necha million dollar ajratadi.
Izoh (0)