Venesuelaning Karakas shahridagi hukumatga qarshi namoyishlar chog‘ida yana bir kishi o‘ldirildi, deb yozadi “Kommersant”.
22 yoshli Daniel Xose Valyenilga milliy bolivar gvardiyasi xodimi uch marta o‘q uzgan. Yaradorni kasalxonaga keltirishgan, yigit operatsiya chog‘ida vafot etgan. Shu tariqa, norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlarning umumiy soni hozirda 75 kishiga yetdi.
Venesuelada ommaviy namoyishlar to‘lqini mart oyida mamlakat oliy sudi parlamentdan qonun chiqaruvchilik huquqini olib, o‘ziga yuklaganidan so‘ng boshlandi. Mitinglar chog‘ida 1,3 mingdan ortiq kishi jabrlandi, 3,1 mingdan ziyod kishi hibsga olindi.
Izoh (0)