AQSh Hindiston harbiy-havo kuchlariga 2 milliard dollarlik 22 ta Guardian jangovar uchuvchisiz uchar qurilmalarni yetkazib bermoqchi. Bu haqda Reuters vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Amerika hukumati bitim haqida Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Vashingtonga 25-iyun kuni amalga oshiriladigan tashrifi chog‘ida ma’lum qiladi.
Agentlik suhbatdoshlari aniqlik kiritishicha, uchuvchisiz uchar qurilmalarning yetkazib berilishi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilashga qaratilgan yo‘lni mustahkamlashi kerak. Ammo bitim hali AQSh kongressi tasdig‘idan o‘tishi kerak.
Izoh (0)