General Motors Michigan shtatidagi Orion Assembly zavodida avtonom boshqaruv qurilmasi bilan jihozlangan 130 ta Chevrolet Bolt elektromobilidan iborat birinchi turkum ishlab chiqarilishi yakunlanganini bildirdi. Bu haqda 3DNews xabar bermoqda.
Yangi mashinalar soni 50 taga yetgan Chevrolet Bolt avtonom avtomobillari safiga qo‘shiladi. GM ularni o‘zining avtonom platformasini takomillashtirish uchun foydalanmoqda.
Mazkur elektromobillar hozirda AQShning uch shtatidagi shaharlar — San-Fransisko (Kaliforniya), Skotsdeyl (Arizona) va Detroyt (Michigan) ko‘chalarida harakatlanmoqda.
GM avtonom boshqaruv texnologiyalarini yaratish bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar orasida yetakchilikni mustahkamlashga intilmoqda. Yaqin yillarda konsern Lyft kompaniyasi bilan birgalikda yo‘lovchilarni o‘zini boshqaradigan taksilarda tashish xizmatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)