LEGO — nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun ham mo‘ljallangan o‘yinchoq hisoblanadi. Lekin bu o‘yinchoq faqat o‘ynash maqsadida xizmat qilmaydi. Uning yordamida foydali buyumlar ham yasash mumkin.
Kalitlar uchun tutqich
Bu ro‘yxatdagi eng oddiy, lekin bir paytning o‘zida juda foydali buyumlardan biri. Kalitlar uchun tutqichni unchalik ko‘p bo‘lmagan standart qismlar va bir necha xalqalardan yig‘ish mumkin. Xalqani ushlab turuvchi qismni asosiy inshootdan ajratib olish va brelok sifatida foydalanish mumkin.
Fidget Spinner
Shaxmatlar to‘plami
Agar siz va farzandingiz klassik mantiqiy o‘yinlarni ma’qul ko‘rsangiz, unda LEGO’dan shaxmatlar to‘plami yasash eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Agar o‘yinchilardan birining omadi kelmasa va u taxtani bor kuchi bilan irg‘itishni xohlasa bunga hech kim xalal bermaydi. Faqat keyin qismlarni xona bo‘ylab yig‘ib olishga to‘g‘ri keladi.
Fotosuratlar uchun ramka
Bu holatda o‘zingiz fotosuratlar formatiga qarab ramkaning o‘lchamlarini tanlaysiz. Bundan tashqari, sizga LEGO’ning faqat eng oddiy qismlari kerak bo‘ladi.
Smartfon qo‘yiladigan taglik
Bunday ixtiro telefonni mustahkam qilib mahkamlashga va bemalol translyatsiya qilishga yordam beradi, masalan Instagram’da. Taglik sizning smartfoningiz ovozini biroz balandroq qiladigan usulda tuzilgan.
Manba: “Layfxaker”
Izoh (0)