IShID terrorchilik guruhiga aloqador jangarilar 21-iyun, chorshanba kuni Filippin janubidagi maktab binosiga bostirib kirdi, deb yozadi “TASS”.
Mahalliy politsiya vakillari so‘zlariga ko‘ra, jangarilar o‘quvchilarni garovga olgan.
23-may kuni IShID bilan bog‘liq “Maute” ekstremistik guruhi jangarilari Mindanao orolidagi Maravi shahrida Filippin xavfsizlik kuchlariga hujum qilgan edi. Shundan buyon ushbu shaharda xavfsizlik kuchlarining terrorchilarga qarshi jangovar operatsiyasi davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)