Turkiyaning Bursa shahrida poyezdlarda faqat ayollar kirishi mumkin bo‘lgan vagonlar paydo bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Ammo bu qarorga shaharda istiqomat qiluvchi ayollarning ko‘pchiligi salbiy munosabat bildirdi.
“Ayollarni alohida vagonlarga joylashtirish orqali jinsiy zo‘ravonlikka barham bera olmaysiz. Ayollar va erkaklar bu yerda bo‘lmasa, boshqa joyda yuzma-yuz keladi. Siz bunga bu yo‘l bilan chek qo‘ya olmaysiz”, — deya norozi bo‘ldi yo‘lovchi ayollardan biri.
40 yoshli bir erkakning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorlar unchalik to‘g‘ri emas. “Agar qizim bo‘lganida, u bilan o‘sha vagonda birga o‘tira olmagan bo‘larmidim?” — deb so‘radi u.
Shunga qaramay, Bursa meri Rajab Altepa qaror ayollar tomonidan kelib tushgan ko‘p sonli murojaatlarni hisobga olib qabul qilinganini aytdi, bunday iltimoslar bir necha yillar davomida kelib tushgan.
Bursa ayollari loyihaga qarshi chiqib, norozilik namoyishlarini o‘tkazishda davom etmoqda.
Izoh (0)