Mali poytaxti Bamako yaqinidagi sayyohlik majmuasiga hujum qilgan to‘rt jangari maxsus operatsiyalar chog‘ida xavfsizlik xizmatlari tomonidan yo‘q qilindi. Bu haqda AFP xavfsizlik va fuqarolar mudofaasi vazirligiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
“Bizda ikki nafar o‘ldirilgan jangarilarning jasadlari bor, yana ikki jasadni harbiylarimiz qidirmoqda”, — dedi xavfsizlik va fuqarolar mudofaasi vaziri Salif Traore.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus operatsiyalar natijasida jami 36 asir ozod qilingan, ularning 16 nafari fransuz, qolganlari maliliklar.
18-iyun, yakshanba kuni ertalab qurolli guruh Bamako aeroporti yaqinidagi Dugurakoro qishlog‘ida joylashgan Kangaba lageri deb nomlanuvchi sayyohlik majmuasiga hujum qilgan edi.
Izoh (0)