15-iyun kuni Twitter mikroblogi keng ko‘lamli redizayn o‘tkazdi: veb-versiyaning, mobil dasturning, shuningdek, professionallar uchun kliyent — TweetDeck’ning tashqi ko‘rinishi o‘zgartirildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Endilikda veb-versiyada avatarlar aylana shaklga ega bo‘ldi, “Javob berish” tugmasi esa bulut qiyofasiga ega bo‘ldi. Yana ayrim shriflar o‘zgartirildi.
Foydalanuvchilarga bu o‘zgarishlar ma’qul kelmadi. Ayniqsa aylana shakldagi avatarlar ko‘p tanqidga uchradi.
old twitter vs new twitter pic.twitter.com/Ct4JC3UM5o
— ellie sunakawa (@elliesunakawa) June 15, 2017
Feelings about the Twitter redesign. pic.twitter.com/q9jLREY7gs
— Norm Kelly (@norm) June 15, 2017
I am now fully prepared for #NewTwitter pic.twitter.com/3sQ7SeRY9x
— Lego Loki (@Loki_Lego) June 15, 2017
Hatto hazil aralash logoni o‘zgartirish taklif qilindi.
Bundan tashqari, Twitter foydalanuvchilari ko‘pdan buyon so‘rayotgan o‘zgarish — tvitlarni tahrir qilish redizayn e’tiboridan chetda qolib ketdi.
Izoh (0)