Kaliforniya universiteti aspiranti Jeff Boing o‘z dissertatsiyasi doirasida shaharning ko‘chalar tarmog‘ini kichik xarita ko‘rinishida tasvirlaydigan dasturni yaratdi, deb yozadi Afisha Daily.
Ko‘chalar tizimi qanday joylashganini ifodalab berishi uchun dastur shaharning bir kvadrat mil (2,59 kvadrat km) hududini tahlil qilishi zarur bo‘ladi.
Talaba uning xaritasi turli shaharlarda shaharlar tarmog‘i tuzilishini tahlil qiluvchi usbanistika mutaxassislariga yordam beradi, degan fikrda. O‘z loyihasini yaratish uchun Boing Python dasturlash tilidan foydalandi hamda Allan Jeykobsning “Buyuk ko‘chalar” kitobidagi tasvirlarga tayandi.
Muallif ta’kidlashicha, ko‘chalar tizimi shaharning turli qismlarida farqli bo‘lishi mumkin. Shu sababli u o‘z tadqiqoti ustida ishlashda davom etmoqda.
Izoh (0)