Gonkongdagi aholi istiqomat qiladigan binoda 17 kvadrat metrga teng avtomobil turar joyi 664 ming dollarga sotildi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, Meduza xabar berdi.
Bu Gonkongda avtomobil turar-joyi uchun to‘langan rekord mablag‘ bo‘lib, Xitoyning maxsus ma’muriy hududidagi ko‘plab turar joy binolaridan ham qimmatroq deganidir.
Bundan oldingi rekord 2016-yilda o‘rnatilgan, o‘sha vaqtda avtomobil turar joyi 620 ming dollarga sotilgan edi. Xaridor chet ellik fuqaro bo‘lgan.
Yangi rekord mablag‘ni kim to‘lagani aytilmadi.
Izoh (0)