13-iyun, seshanba kuni, taxminan, soat 13:40 larda Shayxontohur tumanidagi tibbiyot kollejining bir guruh o‘quvchilari tug‘ilgan kunni nishonlayotganda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hodisaga alanga oldirilgan shamlarning geliy gazi to‘ldirilgan sharlar bilan tutashuvi sabab bo‘ldi.
Yong‘in oqibatida 3 nafar o‘quvchi turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizildi.
Izoh (0)