10-iyun kuni taxminan soat 12:10 larda Ilhom O‘rolov Olmazor tumani hududida Indira Qurbonovaning oldiga kelib, uning qo‘lidagi bahosi 300 ming so‘mlik iPhone 4S telefonini tortib olmoqchi bo‘lgan paytda Olmazor tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 166-moddasi 1-qismi (o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishga suiqasd etish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)