AQSh prezidenti Donald Trampga bildirilgan Buyuk Britaniyaga kelish taklifi qirolicha Yelizaveta II tomonidan uzaytirilgan bo‘lib, kuchda qoladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning matbuot kotibi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz shaxsiy telefon suhbatlari mazmuni haqidagi spekulyatsiyalarga izoh bermaymiz. Qirolicha taklifni uzaytirdi, rejada o‘zgarishlar yo‘q”, — deyiladi bayonotda.
Muqaddam Tramp Tereza Mey bilan telefon suhbatida mamlakatga tashrif buyurmasligini bildirgan xabar qilingan edi. Aytilishicha, Tramp britaniyaliklar uning tashrifiga norozilik bildirishidan cho‘chimoqda.
Izoh (0)