Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida yo‘lning o‘pirilishi oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Guandun provinsiyasidan Futszyan provinsiyasiga olib boruvchi avtomagistralda yer o‘pirilishi taxminan soat 02:10 da sodir bo‘lgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:45 holatiga ko‘ra, vayronalar ostidan 18 ta avtomobil topildi, jami 49 kishi jarohatlangan, 19 kishining o‘lgani tasdiqlangan, — deyiladi xabarda.
Hozirda 30 nafar jabrlanuvchi shifoxonada, ularning hayoti xavf ostida emas. O‘pirilib tushgan yerning uzunligi 17,9 metr, maydoni 184,3 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Izoh (0)