IShID guruhining yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Rakkaga uyushtirilgan aviahujum chog‘ida o‘ldirildi. Bu haqda, Suriya davlat televideniyesiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shu bilan birga, nashr uning o‘ldirilgani haqidagi xabarlar oldin ham paydo bo‘lganini eslatib o‘tdi. Shu bois ayni paytda mazkur axborotni tasdiqlovchi dalillar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Razvedka ma’lumotlariga qaraganda, Bag‘dodiy Mosulda bo‘lgan, ammo u maxfiy ravishda shaharni tark etgani istisno qilinmayapti.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)