9-iyun, juma kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan saylov natijalari uning uchun syurpriz bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“G‘aroyib” — AQSh prezidenti jurnalistlarning saylov natijalari haqida bergan savoliga shundan boshqa hech qanday izoh bermadi.
Parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, Tereza Mey boshchiligidagi Buyuk Britaniyaning konservativ partiyasi hukumat tuzish uchun yetarli ovoz to‘play olmadi. Mey Shimoliy Irlandiyaning yunionist demokratlar partiyasi bilan hamkorlik qilishni rejalashtirayotganini aytdi, biroq u qanday ko‘rinishda bo‘lishiga oydinlik kiritmadi.
Eslatib o‘tamiz, Tereza Mey Bukingem saroyiga tashrifdan so‘ng qirolicha Yelizaveta II dan yangi hukumat shakllantirish uchun rasmiy ruxsat olgandi.
Izoh (0)