Rossiya Havo-kosmik kuchlari bir oy ichida 1268 marta jangovar parvozlarni amalga oshirib, terrorchilarning 3200 ta obyektini, jumladan, qurol omborlarini ham yo‘q qildi. Bu haqda Rossiyaning Suriyadagi kuchlari qo‘mondoni general-polkovnik Sergey Surokin ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“Rossiya Havo-kosmik kuchlarining samolyotlari 1268 marta jangovar parvozlarni amalga oshirdi, zarbalar oqibatida terrorchilarning 3200 ta obyekti, jumladan, boshqaruv punkti, qurol va o‘q-dorilar ombori, yuk tushirish hamda ortish bazalari, jangarilarni tayyorlovchi lagerlari yo‘q qilindi”, — dedi Surokin.
Izoh (0)