Polshaning Svinouysse shahridagi LNG-terminalga ilk bor AQShdan suyultirilgan gaz ortilgan kema yetib keldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakat PGNiG neft-gaz konserni vitse-prezidenti Matsey Voznyakka ko‘ra, gaz qisqa muddatli shartnoma doirasida Cheniere Energy kompaniyasidan sotib olindi. AQSh esa Polsha energiya ta’minoti manbalarini diversifikatsiyalash jarayonida gaz xarid qilayotgan Yaqin Sharq va Norvegiyadan keyingi mintaqa bo‘ldi.
Bu AQSh gazining nafaqat Polsha, balki Shimoliy Yevropaga ham birinchi bor keltirilishi ekanligi bildirilmoqda. Oldinlari Amerika suyultirilgan gazi faqat Janubiy Yevropa, jumladan, Ispaniya va Turkiyaga yetkazib berilardi.
Izoh (0)