AQSh prezidenti Doanld Tramp Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Ikki mamlakat yetakchilari terrorchi tashkilotlarni moliyalashtirishning oldini olish va mintaqada ekstremizm targ‘ibotiga chek qo‘yish masalalarini muhokama qildi”, — deyiladi Oq uy tomonidan tarqatilgan press-relizda.
Tramp va Salmon ibn Abdulazizning suhbati Fors ko‘rfazida jiddiy inqiroz avj olgan paytga to‘g‘ri keldi. Saudiya Arabistoni va bir vator arab davlatlari Qatarni terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda.
Izoh (0)