Mozambik politsiyasi kal erkaklar marosimiy qotilliklar qurboniga aylanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Ikki erkak o‘ldirib ketilganidan so‘ng huquq-tartibot organlari shunday bayonot bilan chiqishga majbur bo‘ldi.
Bunday qurbonlarning tana a’zolari jodugarlik marosimlarida ishlatilishi aytilmoqda. Gumondorlar qo‘lga olingan.
Mozambikda keng tarqalgan ishonchga ko‘ra, kal odamlar juda boy bo‘ladi, shu bois ularni qurbonlikka keltirish mumkin. Qotilliklarga aynan shu qarashlar sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)