Turkiya rasmiylari 130 kishi, jumladan, muxolifatchi Fathulloh Gulen va kurdparast Xalqlar demokratiyasi partiyasining qator deputatlarini fuqarolikdan mahrum etish jarayonini boshladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligiga tayanib, Hurriyet Daily News ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Nashrga ko‘ra, 130 kishining barchasi mamlakatga 3 oy mobaynida qaytmasa, Turkiya fuqaroligini yo‘qotadi.
Eslatib o‘tamiz, Gulen va FETO tashkiloti a’zolari Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishning asosiy aybdorlari sanaladi. 1993-yildan beri AQShda istiqomat qilayotgan muxolifatchining o‘zi barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Izoh (0)