Litva davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati pudratchi bilan Kaliningrad viloyati yaqinidagi Litva-Rossiya chegarasida himoya to‘sig‘ini qurish haqida shartnoma imzoladi, deb yozadi “Gazeta.ru” mahalliy OAVlarga tayanib.
“Kaliningrad viloyati bilan davlat chegarasida 44,6 kilometrlik uzunlikdagi maydonda balandligi ikki metrga teng metall segmentli to‘siq o‘rnatiladi, unga qo‘shimcha uskunalar o‘rnatiladi. To‘siq Litva, Polsha va Rossiya chegaralari kesishgan nuqtadan boshlab quriladi”, — deyiladi xabarda.
Qurilish ishlari 1,335 million yevroga baholanmoqda. Mablag‘ Litva budjetidan ajratildi. To‘siqni 2017-yil 20-dekabrgacha to‘liq barpo etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2020-yilgacha Litvaning Belarus bilan chegarasida devor qurish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)