Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari IShID terrorchilariga 50 ming funt (64 ming dollar) evaziga uni o‘ldirishni taklif qilgan New York Observer gazetasi kolumnisti Andre Uokerga e’tibor qaratdi, deb yozadi The Independent.
Uoker Temza daryosi fonida qo‘lida ikki dastali qilichni tutgan holda suratga tushdi va o‘z boshi uchun mukofot e’lon qildi. “Men sizga manzilni beraman, politsiya bo‘lmaydi. Ammo menda qilich bor, shunday ekan, omad!” — deya izoh yozdi u o‘z suratiga. Keyinroq u tvitni o‘chirib tashladi va obunachilariga “shunchaki adolatli jangda musobaqalashish uchun o‘ziga teng kuchli raqibni izlagani”ni aytdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Uokerning jasoratini maqtadi, ammo unga London ko‘chalarida ikki dastali qilich ko‘tarib yurish qonunga zid ekanligini eslatdi. Ba’zilar unga samaraliroq qurol topishni maslahat berdi, masalan, nurli qilich, qarmoq yoki fransuz bageti.
Izoh (0)