Siyosatchi Aleksey Navalniy rasmiy iltimos bilan bosh vazir Dmitriy Medvedevni milliarder Alisher Usmonov ishi bo‘yicha Lyublin tuman sudiga guvoh sifatida chaqirilishini so‘radi, deb xabar berdi Meduza.
Navalniyning ta’kidlashicha, da’voning sabablaridan biri — Medvedev foydalanadigan Mol-mulk borasida korrupsiyaga qarshi kurashish fondini tekshirishdan iborat. Da’voda Usmonov qanday qilib katta biznesmenga aylangani borasidagi xususiylashtirish yodga olinganini qo‘shimcha qildi. Navalniyning fikricha, Medvedev ushbu jarayonlarga bevosita aloqador.
Navalniy sudga Medvedovdan tashqari Usmonov da’vosida qayd etilgan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni ham chaqirishni talab qildi.
Sudya Marina Vasina tomonlar Bosh vazirning ko‘rsatmasi shart ekanligini isbotlamagunlariga qadar Medvedovni sudga chaqirish haqida berilgan rasmiy iltimos bo‘yicha qaror qabulini qoldirdi.
Izoh (0)